Bazada nimalar saqlanadi
Ism va telefon
Haydovchining ismi va aloqa raqami.
Mashina turi
Labo, Gazel, Isuzu, Fura, Shalanda va boshqa turlar.
Yo'nalishlar
Haydovchi qaysi shaharlardan qaysi shaharlarga yuradi, bir nechta yo'nalish qo'shish mumkin.
Izoh va baho
Qisqa izoh va 1 dan 5 gacha yulduzcha: kim ishonchli ekanini unutmaysiz.
Haydovchini tez topish
Qidiruvni oching
Ism, telefon yoki izoh bo'yicha qidiring.
Yo'nalishni kiriting
Qayerdan va qayerga, masalan Toshkent va Namangan.
Mashina turini tanlang
Faqat kerakli turdagi haydovchilar qoladi.
Bazani faqat siz ko'rasiz
Siz qo'shgan haydovchilar faqat sizning hisobingizda ko'rinadi. Boshqa dispetcherlar ularni ko'rmaydi va o'zgartira olmaydi.
Haydovchilarga shaxsiy chatda yuborish
E'lon sahifasidagi «Haydovchilar» bo'limi Telegram kontaktlaringiz bilan ishlaydi:
- kontaktlarni mashina turi papkalariga qo'shasiz;
- papkani bossangiz, undagi hamma tanlanadi;
- e'lon har biriga alohida shaxsiy chatda boradi, orada 8–18 soniya kechikish bilan;
- adashib qo'shilganini bir bosishda olib tashlaysiz.
Cheklovlar haqida
Bir e'londa shaxsiy chatlarga 200 tagacha kontakt tanlash mumkin. Boshlash uchun 30–50 tadan yuborish tavsiya etiladi: Telegram ommaviy xabarlarni spam deb hisoblashi mumkin.
Ko'p so'raladigan savollar
Haydovchilar bazasi nima uchun kerak?
Dispetcherga kerakli mashinani tez topish uchun: yo'nalish va mashina turi bo'yicha qidiruv bir necha soniya oladi.
Haydovchini ro'yxatga qanday qo'shaman?
Ism, telefon va mashina turini kiritasiz, so'ng yo'nalishlarni qo'shasiz. Izoh va baho ixtiyoriy.
Yana o'qing
Haydovchilar bazasini tartibga soling
Masterklass 1.0 da bazani yuritishni ko'rsatamiz.
