Qo'llanma

OMON DISPATCHERS qanday ishlaydi

Botda ariza qoldirishdan birinchi e'lonni yuborishgacha bo'lgan yo'l.

OMON DISPATCHERS: yangi e'lon sahifasi, matn va mashina turi papkalari (demo ma'lumot)

Skrinshotlar demo ma'lumot bilan olingan.

Besh qadam

Botda ariza qoldiring

@omon_dispatchers_bot ga kiring. Masterklass 1.0 ga ariza shu yerda qabul qilinadi.

Platformaga kiring

Hisob ochilgach, «Kirish» tugmasi orqali panelga o'ting.

Telegram akkauntingizni ulang

Telefon raqamingizni kiriting va Telegram yuborgan kodni tasdiqlang. Kod odatda SMS bilan emas, Telegramdagi rasmiy chatga keladi.

Guruhlarni papkalarga ajrating

Guruhlaringizni mashina turi papkalariga qo'shing: Labo, Gazel, Isuzu, Fura va boshqalar.

E'lon yuboring

Matnni yozing, guruhlarni tanlang va hozir yuboring yoki vaqtini belgilang.

Qo'shimcha imkoniyatlar

Haydovchilarni bazaga yo'nalish va mashina turi bilan qo'shing, kontaktlaringizga shaxsiy chatda e'lon yuboring va hamkasb dispetcherlar ro'yxatini yuriting.

Tayyor bo'lsangiz, boshlaymiz

Ariza Telegram bot orqali qabul qilinadi.