Rejalashtirish

Rejalashtirilgan va takrorlanuvchi e'lonlar

E'lonni kerakli vaqtga qo'ying, tizim o'zi yuboradi. Kerak bo'lsa 5 martagacha takrorlaydi.

OMON DISPATCHERS: rejalashtirilgan e'lonlar ro'yxati, faol va to'xtatilgan (demo ma'lumot)

Skrinshotlar demo ma'lumot bilan olingan.

Imkoniyatlar bir qarashda

14 kunoldindan rejalashtirish
5 martagachatakrorlash
10–60 daqiqatakrorlar oralig'i (10, 20, 30, 45, 60)
40 tagachaguruh bitta rejada

Qanday rejalashtiriladi

E'lonni yozing

«Yangi e'lon» sahifasida matn va guruhlarni tanlang.

«Rejalashtirish»ni tanlang

Boshlanish vaqtini Toshkent vaqti bilan belgilang.

Takrorni sozlang

Necha marta va qanday oraliq bilan takrorlanishini tanlang.

OMON DISPATCHERS: e'lonni rejalashtirish formasi, boshlanish vaqti va takrorlar (demo ma'lumot)

Rejani boshqarish

Rejalashtirilgan e'lonlar alohida sahifada ko'rinadi. Har biri uchun:

  • holat: faol, to'xtatilgan, tugagan yoki bekor qilingan;
  • keyingi yuborish vaqti va nechta takror bajarilgani;
  • to'xtatish, davom ettirish, tahrirlash va bekor qilish.

Cheklovlar

Rejalashtirish faqat guruhlarga ishlaydi (shaxsiy chatlarga emas) va kuniga 1 marta mumkin.

Telegram akkauntingizni cheklov himoyasiga olsa yoki Telegram ulanmagan bo'lsa, reja to'xtaydi va sababi ko'rsatiladi. Birozdan keyin davom ettirasiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Vaqt qaysi mintaqa bo'yicha?

Toshkent vaqti bo'yicha. Forma hozirgi Toshkent vaqtini ham ko'rsatib turadi.

Reja o'z vaqtida yuborilmasa nima bo'ladi?

Tizim kutilmaganda to'xtagan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan yuborish haqida belgi qo'yiladi, keyingi takrorlar rejadagidek davom etadi.

E'lonlarni oldindan rejalashtiring

Masterklass 1.0 da rejalashtirishni jonli ko'rsatamiz.